Chimkentda o‘zbekistonlik erkak otishma sodir etdi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonlik erkak Qozog‘istonning Chimkent shahrida otishma sodir etdi va qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 20 fevral kuni soat taxminan 14:40 da shaharning Ilyayev va Riskulbekov ko‘chalari chorrahasida joylashgan qurol do‘konida favqulodda holat signali ishga tushgan. Voqea joyiga xavfsizlik xodimlari yetib kelgan. Binoda politsiya va noma’lum qurollangan erkak o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan. Soqchilardan biri yaralangan. 

Voqea joyiga yetib kelgan patrul politsiyasi xodimlari va Turon tumani IIB kriminal politsiyasi tergovchisi tomonidan gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, Chimkent shahrida ijarada yashaydi. Undan ov miltig‘i va o‘g‘irlangan zarbsiz “Sayg‘oq” karabini olib qo‘yilgan. 

Hozirda voqea joyida tergov guruhi ishlamoqda. Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Chimkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing