Chimyonda 2 kishi jarlikka tushib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Chimyon tog‘i hududida ikki kishi jarlikka tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 25 aprel kuni soat 17:02 da tog‘dagi Qiziljar hududida ikki nafar fuqaro kvadratsiklda harakatlanib ketayotgan vaqtida ehtiyotsizlik qilib boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda ular  jarlikka tushib ketgan.

Zudlik bilan hodisa joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, tan jarohati olgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Hozirda ularning sog‘lig‘i yaxshi va shifokorlar nazoratida ekanligi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chimyon FVV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing