Chimayev o‘zbekistonlik murabbiyga minnatdorlik bildirdi (video)
Sport
−
28 Oktabr 2024 13350 1 daqiqa
Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan yilning eng yirik MMA turniri – UFC 308’da avstraliyalik Robert Uittakerni 1-raunddayoq mag‘lubiyatga uchratgan rossiyalik Xamzat Chimayev musobaqadan keyingi matbuot anjumanida o‘zbekistonlik murabbiy Husan Majlimov va O‘zbekiston haqida fikr bildirdi.
“Mening Dubayda o‘tkazadigan mashg‘ulotlarimda Husan doim menga yordam beradi. U yaxshi murabbiy, uning shogirdlari yaxshi natijalar qayd etmoqda. Bir shogirdi yaqinda “UAE Warrior” turnirida g‘alaba qozondi. Men Husanga minnatdorlik bildiraman, O‘zbekistonda mening do‘stlarim ko‘p va ularning barchasi hurmatga loyiq insonlar”, deydi Chimayev.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Chimayev shu vaqtga qadar 14 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan va 5 ta to‘qnashuvda raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025