Chimayev Striklenddan revansh jangini so‘radi 

Sport

image

Chechen millatidan bo‘lgan aralash jang san’ati ustasi Xamzat Chimayev UFC o‘rta vazn toifasidagi chempionlik jangida Shon Striklendga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, amerikalik jangchini revansh jangiga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.

“Tayyor bo‘lganingda menga xabar ber, Shon”, deb yozdi Chimayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Chimayev va Striklend o‘rtasidagi jang kecha, 10 may kuni AQSHda bo‘lib o‘tdi. Jang to‘liq besh raund davom etdi. Hakamlar qaroriga ko‘ra, Striklend 48-47, 47-48, 48-47 hisoblari bilan g‘alaba qozondi va UFC o‘rta vazn toifasining yangi chempioniga aylandi. Chimayev esa faoliyatida ilk bor chempionlik kamarini himoya qila olmadi.

Hozirga qadar Chimayev MMA’da 16 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, Striklendga qarshi bahs uning faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Bungacha u barcha janglarida g‘alaba qozongan edi. Striklend hisobida esa 31 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat mavjud.

Malumot uchun, Chimayev 2025 yilda janubiy afrikalik Drikus dyu Plessini hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan mag‘lub etib, UFC o‘rta vazn chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. Avvalgi jangida esa Striklend Entoni Ernandesni nokautga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Xamzat Chimaev Shon Striklend

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing