Chilonzordagi omborxonada katta yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 24 yanvar kuni soat 09:58 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyod ko‘chasida joylashagan omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Yong‘in joyiga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:04 da yetib borib, yong‘in soat 10:57 da qurshab olindi va soat 12:58 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida omborxonaning taxminan 600 kv.m. maydonida tomi, shifti va ichki qismida saqlanayotgan mahsulotlari yonib zararlangan. 

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Hozirda yong‘inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

89

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing