Chilonzordagi kanaldan yangi tug‘ilgan chaqaloqning jasadi topildi
Jamiyat
−
10 fevral 2020
10856Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Olmazor tumanida oqib o‘tuvchi suvga chaqaloqning beliga tosh bog‘lab tashlab ketilgani haqida xabarlar tarqatildi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur xabarlarga aniqlik kiritdi.
Qayd etilishicha, haqiqatan ham xuddi shunday holat aniqlangan, ammo voqea ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek, Olmazor tumanida emas, balki Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan.
“Bugun, 10 fevral kuni soat 10:35 da ichki ishlar organlariga Chilonzor tumani hududidan “Bunyodkor” ko‘chasi bo‘ylab, “Sovplastital” korxonasi binosining orqa tarafidan oqib o‘tuvchi kanaldan yangi tug‘ilgan chaqaloqning jasadi topilgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga IIB va Chilonzor tumani prokuraturasi xodimlari yetib keldi. Ish Toshkent shahar IIBB nazoratiga olingan”, deyiladi Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabarida.
LiveBarchasi