Chilonzordagi daraxtkushlik bo‘yicha qurilish kompaniyasi mansabdorlariga jinoiy ish ochildi
3-sahifa
−
08 Sentabr 2022
6987Avvalroq Toshkentning Chilonzor tumanida 58 tup manzarali va mevali daraxtlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq borligiga qaramay xususiy quruvchi kompaniyai tomonidan ildizi bilan kesib tashlangani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura mazkur daraxtlar qirg‘iniga munosabat bildirib, jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.
O‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra, quruvchi tashkilot (“DREAM HOUSE STROY” mas’uliyati cheklangan jamiyati) mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Chilonzor tumanidagi hududda quruvchi tashkilot tomonidan 58 tup har xil turdagi daraxtlar qonunga xilof ravishda kesib yuborilganligi oqibatida tabiatga 797,7 mln. so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
LiveBarchasi