Chilonzorda Lacetti evakuator bilan to‘qnashdi

3-sahifa

image

Bugun, 11 noyabr kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi ko‘prikda Lacetti evakuator bilan to‘qnashdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Soat 18:50 larda, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasidagi avtomobil ko‘prigi ustida, haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan L.A. Lacetti rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi bo‘lakka o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1976 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Iveco rusumli maxsus evakuator bilan to‘qnashgan.

Natijada Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi 22 yoshli L.A. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

257

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing