Chilonzorda 5 kishi o‘lgan “Shovotlandiya-1” kafesidagi yong‘in sababchisi ushlandi
3-sahifa
−
28 fevral 2021
23673Avvalroq, poytaxtning Chilonzor tumani Guliston ko‘chasida joylashgan “Shovotlandiya-1” kafesida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik. O‘t qo‘yish bilan bog‘liq jinoyat oqibatida besh kishi vafot etgandi.
Tezkor-qidiruv tadbirlarida aniqlanishicha, binoga qasddan yong‘in yetkazgan shaxs joriy yilning 27 fevral kuni soat 03:30 larda Matiz avtomashinasida manzilga kelib, bino devorlariga o‘zi bilan olib kelgan shisha idishdagi suyuqlikni sepib, so‘ng yana bir idishdagi suyuqlikni bino ichkarisiga otgan va alanga chiqishini kuzatib, yong‘in sodir bo‘lganidan so‘ng voqea joyini yashirincha tark etgan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ushbu jinoyatni muqaddam JKning uchta moddasi bilan sudlangan Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi S.F. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ushlangan.
LiveBarchasi