Chilidagi o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni yuzga yaqinlashdi

Olam

image

Chilidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 99 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat sud-tibbiy ekspertiza xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida yangilangan ma’lumotni taqdim etdi.

Hozirda qutqaruvchilar vayron bo‘lgan uylarni ko‘zdan kechirmoqda. Ba’zi jabrlanganlar shifoxonada og‘ir ahvolda qolmoqda.

“Qurbonlar soni ortishi mumkin”, deydi Chili Prezidenti Gabriel Borich.

Shuningdek, bugun, 5 fevraldan boshlab mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi.

Chilida joriy yilning 2 fevral kuni o‘rmon yong‘inlari boshlandi. 3 fevral kuni Chili Prezidenti Gabriel Borich yong‘in avj olgan Valparaiso viloyatida favqulodda holat e’lon qildi.

Yong‘in oqibatida kamida 1,6 ming kishi uy-joysiz qolgan. 1931 yilda tashkil etilgan botanika bog‘i vayron qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Chili o'rmon yong'inlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing