Chilida 3000 kishilik “velosiped” Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi (video)

Bu qiziq

image

Chili poytaxti Santyagoda joriy yilning 27 may kuni uch mingdan ortiq odam velosiped shaklini yasab, bu bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda “Breaking Latest News” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, shaharning O'Higgins jamoat bog‘iga yig‘ilgan odamlar fleshmob o‘tkazib, o‘ziga xos ulkan velosiped shaklini hosil qilgan va bu bilan 2019 yilda Moskvada o‘rnatilgan jahon rekordini yangilagan. Mazkur tadbir shu yil mamlakat poytaxti Santyagoda o‘tkaziladigan Panamerika va Parapanamerika o‘yinlarini targ‘ib qilish maqsadida uyushtirilgan. Bundan avvalgi rekordni qayd etishda 2620 nafar odam Moskvaning Avliyo Vasiliy soborida yig‘ilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada bir porsiyasi 6700 dollarlik muzqaymoq Ginnes rekodlar kitobiga kiritilgandi. AQSHning Ogayo shtatida esa 23 yoshli it eng uzoq vaqt yashagani bilan rekord o‘rnatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

velosiped Ginnes Chili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing