Chet tilida efirga uzatiladigan teleradiokanallar tashkil etiladi – Prezident
Jamiyat
−
06 may 2021 5315 1 daqiqa
O‘zbekistonda chet tilida efirga uzatiladigan teleradiokanallar tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisiga 24 soat davomida to‘liq chet tillarida efirga uzatiladigan yangi teleradiokanallarni ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Bunda har kuni kamida 3 soatlik dastur xorijiy tillarni onlayn o‘rgatishga ajratilishi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aynan shu yig‘ilishda keyingi yildan magistratura va doktoranturaga kirish uchun chet tilini bilish sertifikati talab etilishi ma’lum qilindi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025