Zelenskiyning ofisida tintuv o‘tkazildi
Olam
−
12 Iyul 2019 12919 1 daqiqa
Ukraina Davlat tergov byurosi mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ofisida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda “Glavkom” nashri xabar berdi.
Tergovchilar Pyotr Poroshenko Prezdentligida majlislar bayonnomasining yuritilishi bilan qiziqib, ularning maxfiylik darajasini ta’minlashga mas’ul bo‘lganlarni so‘roq qilgan. Xususan, harbiy operatsiyalarni rejalashtirish bilan bog‘liq majlislarga alohida etibor berilyapti.
Shuningdek, tergovchilar majlislar o‘tkazish vaqtida kim nima degani, kimlar mutlaq maxfiy va davlat siri muhri ostida buyruqlar bergani hamda hujjatlarni imzolagani bilan qiziqyapti.
“Bu ma’lumotlar boshqa davlat, xususan, Rossiya Federatsiyasi manfaatlari uchun to‘planayotgan bo‘lishi ham mumkin”, degan manba. Bunday ishlar alohida shaxslar yordami bilan amalga oshirilishini ham qo‘shimcha qilgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr