Chet elga chiqishda “taqiq” borligini tekshirish uchun yangi tizim ishga tushdi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2020
171380Chet elga chiqishda pandemiya davridagi sanitar-gigiyenik talablar bilan birga hech qanday qarzdorlik majburiyati bo‘lmasligi ham lozim.
Qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmasligi fuqarolarning chet elga chiqishiga “taqiq” quyilishiga sabab bo‘ladi.
Endilikda qarzdorlikni yoki taqiqni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan MIBning rasmiy mib.uz sayti orqali bir zumda o‘zingizga nisbatan taqiq bor yoki yo‘qligini bilib olishingiz mumkin.
Mazkur saytda respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish, qarzdorlik aniqlangan taqdirda, uni shu zahoti ushbu saytda elektron tarzda turli to‘lov tizimlari orqali to‘lash imkoniyati yaratilgan.
LiveBarchasi