Chet elda tahsil oladigan talabalarga maslahat berildi
Jamiyat
−
24 iyun 2020
7023“Nega xalqaro aviaqatnovlarga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, lekin hech qanday parvoz amalga oshirilmayapti? Chet elda tahsil oladigan talabalar nima qilishadi?”. Xuddi shu savol bilan AOKA shtabida o‘tgan brifingda murojaat qilindi.
Ta’kidlanishicha, 15 iyundan O‘zbekiston Respublikasi maxsus komissiyasi qarori bilan xalqaro aviaqatnovlarga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, muntazam parvozlarni tiklash va amalga oshirish davlatlarda kuzatilayotgan epidemik holat hamda xorijiy mamlakatlarda qo‘yilgan cheklov choralari, viza berish tartibi, sanitariya talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya, Rossiya, BAA, Janubiy Koreya, Xitoy va Qozog‘iston davlatlari bilan iyul-avgust oylari davomida dastlabki bosqichda xalqaro yo‘nalishlarda paritet tamoyili asosida har bir tomondan muntazam parvozlarni tiklash bo‘yicha takliflar Respublika maxsus komissiyasiga taqdim etilgan.
“Shundan kelib chiqib, talabalar faqat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ruxsat etilgan yo‘nalishlardan foydalangan holda, tahsil olish uchun chet elga ketishlari mumkin”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi