Cherkov tomi qulashi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Meksikada cherkov tomi qulashi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 30 kishi Syudad-Madero shahridagi Santa-Kruz cherkovi tomi ostida qolib ketgan.

Tamaulipas shtati politsiyasi esa falokat yuz bergan vaqtda cho‘qintirish marosimi bo‘lib o‘tayotgan cherkovda 100 ga yaqin odam bo‘lganini aytgan.

Tom vayronalari ostida qolganlar orasida bir nechta bolalar borligi taxmin qilinmoqda. Qutqaruv ishlari hali ham davom etyapti.

Ijtimoiy tarmoqlardagi suratlarda cherkov binosi vayronaga aylangani va odamlar vayronalar atrofida to‘planib, ichida qolib ketganlarni astoydil qidirayotgani aks etgan.

Xabarlarga ko‘ra, hokimiyat voqea joyiga yig‘ilganlardan ichkarida kimdir yordam so‘ragan bo‘lsa, eshitishlari uchun sukut saqlashni talab qilgan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Meksika Cherkov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing