Chempionlikka da’vogar ma’lum. “Siti” “Chelsi”ni mag‘lub etdi 

Sport

image

Bugun, 15 yanvar kuni Manchester shahridagi “Etixad” stadionida Angliya Premer ligasining 22-turi doirasida “Manchester Siti” “Chelsi”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yagona gol ikkinchi bo‘limda kiritildi. 70-daqiqada “shaharliklar” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne Joau Kanseluning uzatmasini golga aylantirdi.

Uchrashuvni Kreyg Pouson boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. 

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” 22 turdan so‘ng 56 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. “Chelsi” esa 2-o‘rinni egallab turibdi. “Aristokratlar” hisobida 43 ochko mavjud. Kuchli uchlikka “Liverpul” (42 ochko) yakun yasagan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi APL Arsenal Man Siti

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing