Chempionlar ligasi musobaqasi qachon boshlanishi rasman e’lon qilindi
Sport
−
17 aprel 2020 19150 1 daqiqa
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) kubok bahslarini davom ettirish sanasiga oydinlik kiritdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Chempionlar ligasi 2020/21 yilgi mavsum guruh bosqichi o‘yinlari 20 oktyabrdan boshlanadi. Yevropa ligasi 2020/21 yilgi mavsum guruh bosqichi bahslariga 22 oktyabrda start beriladi. Saralash bosqichi bahslari iyul oyi oxiri avgust oyi boshlarida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasining 2019/20 yilgi mavsum o‘yinlari koronavirus pandemiyasi sabab noma’lum muddatga qoldirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, UEFA noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yilgan milliy chempionat bahslarini joriy yilning avgust oyiga qadar yakunlashni rejalashtirgan.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust