Chempion qaytmoqda, u Habib bilan jang qilishi mumkin
Sport
−
01 Oktabr 2019
7040Yengil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyuson tez orada oktagonga qaytishini ma’lum qildi.
"Signal keldi, chempion qaytmoqda! Qiziqarli xabarlarni kuting, bizdan uzoqlashmang. Men yana ishdaman", dedi “El Kukuy“.
Toni Fergyuson katta ehtimol bilan keyingi jangini Habib Nurmuhamedovga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun,Fergyuson 1984 yilda AQSHning Kaliforniya shtatida tug‘ilgan. Michigan shtatidagi Muskegon shahrida o‘sgan. Fergyusonning familiyasi uning amerikalik o‘gay otasidan meros bo‘lib o‘tgan. Fergyusonning otasi uni yoshligida do‘stlar orttirish va yangi muhitiga moslashishi uchun uni sport bilan tanishtirgan.
2019 yil may oyida Fergyuson UFC 238-da yengil vazn toifasidagi asosiy raqib maqomi uchun faxriy Donald Serrone bilan uchrashishi haqida mish-mishlar tarqaldi va bu tez orada rasman e’lon qilindi. Birinchi raundda ikkala jangchi ham yaxshi ko‘rinishga ega bo‘ldi, ammo ikkinchi turda Fergyuson Donaldning bosimi tufayli uni to‘xtatdi. Uchinchi raund boshlanishidan oldin shifokorlar Serroning ko‘zlariga shikast yetkazilgani sababli jangni to‘xtatdi, Toni Fergyuson texnik nokaut bilan yutqazdi.
Keyinchalik bu kurash "Kechaning eng yaxshi jangi" deb tan olindi.
LiveBarchasi