Chelyabinskda Mi-8 vertolyoti qulab tushdi

Olam

image

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi Prudniy qishlog‘i yaqinida Mi-8 vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda favqulodda xizmatlarga tayanib, TASS xabar berdi.

“Prudniy qishlog‘i yaqinida avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga tegishli bo‘lgan vertolyot o‘rmonga qulab tushdi. Bortda faqat ekipaj a’zolari bo‘lgan, ular vafot etgan”, deydi manba.

Aviatsiya xizmatlari to‘rt kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan. 

"Mi-8 bortida to‘rt kishi bo‘lgan, ular halok bo‘lgan. Vertolyot o‘quv parvozini amalga oshirayotgan edi", deydi manba.

Samolyot qulagan joyda yong‘in chiqqan. Favqulodda xizmatlar halokat joyiga jo‘natilgan. 

Viloyat gubernatori Aleksey Tekslerning aytishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lgan. 

"Chelyabinsk viloyati, Sosnov tumanida Mi-8 vertolyoti halokatga uchradi. Vertolyot FXX eskadroniga tegishli edi. Aholi va turar-joy binolari jabrlanmagan. Voqea joyida maxsus xizmatlar ishlamoqda, ularga zarur yordam ko‘rsatilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘lgan. Ularning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiraman”, deb yozgan u Telegram-kanalida.

Keyinroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham uch kishining jasadi topilgani haqida xabar bergan. Vertolyotning ochiq yonishi bartaraf etildi. 

"Janubiy Ural favqulodda vaziyatlar departamentining kuch va vositalari manzilga jo‘nab ketdi. Yetib kelgach, o‘rmonda yonayotgan Mi-8 vertolyoti topildi. Yong‘in bartaraf etildi. O‘lgan uch kishining jasadi topildi. Aholi orasida jabrlanganlar yo‘q. Aholi punktiga zarar yetmagan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qrimda Mi-28 harbiy vertolyoti halokatga uchragan, ikki uchuvchi halok bo‘lgandi. 23 avgustda esa Tver viloyatida Prigojinga tegishli samolyot qulab tushgandi. Oqibatda bortdagi o‘n kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelyabinsk Rossiya Mi-8

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing