Chelyabinskda maktab o‘quvchisi bolalar va o‘qituvchilarga bolg‘a bilan hujum qildi

Olam

image

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi maktablardan birida o‘smir boshqa o‘quvchilar va o‘qituvchilarga bolg‘a bilan hujum qildi. Jabrlanganlar bor, ular shifoxonalarga yetkazilgan. Bu haqda bugun, 16 sentyabr kuni Chelyabinsk viloyati gubernatori Aleksey Teksler ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, voqea joyida huquq-tartibot idoralari, Chelyabinsk meri Natalya Kotova va bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Yevgeniya Mayorova ishlamoqda. Tekslerning Telegram-kanalida aytilishicha, tergov boshlangan va barcha ta’lim muassasalarida ham tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Chelyabinsk Ombudsmanı Yevgeniya Mayorovaning aytishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, maktabga hujum paytida to‘rt nafar bola jarohatlangan.

O‘z navbatida, "Chelyabinsk Favqulodda Axborot Agentligi" nashri 13 yoshli bola o‘quvchilardan birini bolg‘a bilan bir necha marta urganini yozadi, u hozir og‘ir ahvolda.

"74.ru" nashrining yozishicha, hujumchi yonida bolg‘adan tashqari, pichoq va pnevmatik to‘pponcha ham bo‘lgan. Chelyabinsk meriyasi shikastlangan maktabdagi bolalar va ota-onalarga psixologik yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelyabinsk Rossiya maktab

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing