“Chelsi” yana bir bor Yevropada tengsiz bo‘ldi!

Sport

image

Kecha, 11 avgust kuni Shimoliy Irlandiya poytaxti Belfast shahrida o‘tkazilgan o‘yinda Chempionlar Ligasi g‘olibi “Chelsi” va Yevropa Ligasi g‘olibi “Vilyarreal” klubi o‘zaro bahs olib bordi.

O‘yinning 27-daqiqasida Kay Xaversning uzatmasidan so‘ng Hakim Ziyesh hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim davomida himoya va hujumda tartibli o‘yin namoyish etgan “Chelsi” g‘alabani ushlab qola oldi.

Ikkinchi bo‘limda londonliklar o‘yin tempini pasaytirish uchun qarshi hujumlarga tayangan holda o‘yin olib bordi. “Vilyarreal” raqibga bosim o‘tkazishda davom etdi. 73-daqiqada himoyachilarning xatosidan unumli foydalangan Jerar Moreno Bulaye Dianing uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv asosiy vaqti shu tariqa o‘z yakuniga yetdi. 

Qo‘shimcha bo‘limlarda aytarli xavfli hujumlar tashkil etilmadi. Biroq 119-daqiqada “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning eng ko‘p tanqid qilingan darvozaboni Kepa Arrisabalagani maydonga tushirdi.

Penaltilar seriyasida Kepa ikkita zarbani bartaraf etib, London klubiga mavsumdagi uchinchi sovrinni qo‘lga kiritishda yordam berdi. Shu tariqa “aristokratlar” Yevropaning eng kuchli klubi nomiga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” so‘nggi marta 2018 yilda UEFA superkubogi uchun “Liverpul” bilan to‘qnash kelgan va penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan edi. “Vilyarreal” esa o‘z tarixida ilk bor superkubok uchun maydonga tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Futbol Vil'yarreal UEFA superkubogi

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing