“Chelsi” Lukakuni Saudiya klubiga sotishga tayyor

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi belgiyalik futbolchi Romelu Lukaku transferi bo‘yicha Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubidan taklif oldi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, londonliklar hujumchining “Inter”ga transferi muvaffaqiyatsiz yakunlangani va “Yuventus” ham bu borada noaniq pozitsiyada ekanini inobatga olib, Saudiya klubi taklifini ko‘rib chiqmoqchi. “Al-Hilol” klubi belgiyalik uchun 50 million yevro to‘lashga tayyorligini ma’lum qildi. O‘z navbatida Angliya klubi ham bu taklifni qabul qilish niyatida.

Shu munosabat bilan “Chelsi” rahbarlari Lukakuga bosim o‘tkazib, uning kelajagi haqida tezroq qaror qabul qilishga undamoqda.

“Al-Hilol” futbolchining o‘ziga yiliga 50 million yevro to‘lashga tayyor. Shartnoma tuzilayotganda ham Lukaku sezilarli darajada bonus ishlab olishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Chelsi Romelu Lukaku Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing