“Chelsi” Eden Azarni qaytarib olmoqchi

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” klubi “Real Madrid” hujumchisi Eden Azarni qaytarib olmoqchi. Bu haqda “Defensa Central” nashri xabar bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, Eden Azarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga qaramay, London klubi uni sotib olinishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritgan.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” futbolchini katta chegirma bilan qaytarishni kutmoqda. “Aristokratlar” Azar uchun taxminan 40-50 million yevro to‘lashga tayyor. Londonliklar Azarni yozgi transferlar oynasida ajoyib xaridga aylanishiga va Angliya Premer-ligasida futbolchining jarohatlari tugashiga ishonmoqda.



Eslatib o‘tamiz, Eden Azar Ispaniyaning Qirollik klubiga 2019 yilning yozida Londonning “Chelsi” klubidan ko‘chib o‘tgan edi. Uning transfer summasi 100 million yevroni tashkil qilgan. Bu mavsumda jarohati tufayli muammolarga duch kelgan 30 yoshli belgiyalik Ispaniya chempionatining atigi 8 uchrashuvida qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 golli uzatma berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Eden Azar Real Madrid

Baholaganlar

52

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing