“Chelsi”dagi vaziyat: Lempardning boshi uzra qora bulutlar suzmoqda
Sport
−
05 yanvar 2021
4624Londonning “Chelsi” klubi Angliya Premer-ligasining 17-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi bahsni 3:1 hisobi bilan boy berdi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng, shundoq ham og‘ir ahvolda qolgan “aristokratlar” murabbiyi Frenk Lempard boshi uzra qora quzg‘unlar girdi-kapalak bo‘lmoqda. Klub rahbariyati allaqachon Lempard o‘rniga boshqa mutaxasis izlayaptimi yoki yo‘q, bunisi qorong‘u. Lekin bir qator iste’fodagi, nomdor murabbiylar top klublardan taklif kutayotgani aniq.
Lempardga iste’fo havf solmoqda
“Bild” nashri PSJ klubi sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel Lempard bilan ishlari yurishmayotgan “Chelsi”ni boshqarishi mumkinligi haqida yozgan edi. Pep Gvardiola boshqaruvidagi “shaharliklar”ga boy berilgan o‘yindan so‘ng, Lempardning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar safi yana bittaga ko‘paydi. “The Independent” nashrida “Chelsi” klubi rahbariyati Massimiliano Allegri bilan bog‘langani haqida xabar ham bosib chiqarildi. “Chelsi”ning egasi. rossiyalik Abramovich davrida klub rahbariyati mavsum o‘rtasida ham murabbiylarni iste’foga chiqarish “tajribasiga” ega ekanini hisobga olsak, Lempard uchun havotirlar o‘rinli.
Hammasi shunchalik jiddiymi?
“A BOLA” nashriga ko‘ra, Abramovich 2003 yilda klubni sotib olganidan beri aynan, Frenk Lempard qo‘l ostidagi “Chelsi” eng past natijani ko‘rsatmoqda. Statistik ma’lumotlarga qo‘ra, Lempard boshqaruvidagi jamoa bir uchrashuvda o‘rtacha hisobda 1,67 ochko to‘plamoqda va bu so‘nggi 17 yildagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Natijalar qoniqarli bo‘lmagach, klubning yechinish xonasidan ham turli “shovqinlar” chiqa boshladi. ESPN telekanalining ma’lum qilishicha, “Chelsi”ning bir qator o‘yinchilari murabbiy Frenk Lempardning taktikasi va ko‘rsatmalaridan hayron qolmoqda.
Yozgi transferlar vaqtida “Chelsi” Yevropa klublari orasida eng ko‘p pul sarflagan klub bo‘lgan edi. Lekin ta’kidlanganidek, natijalar harajatlarni hali oqlaganicha yo‘q.
“Qahramon”ning o‘zi qanday fikrda?
“Men iste’foga oid mish-mishlardan xavotirda emasman. Ushbu mavsumda murakkab vaziyatlarga duch kelamiz, deb kutgandim. Bosim ishning bir qismidir. Bir oy oldin vaziyat yaxshiligida hamma mendan yangi shartnoma imzolashimni so‘radi. Keyinchalik nisbatan qiyin davrda to‘rtta uchrashuvda yutqazdik. Shuning uchun yana takrorlayman: bosim bu ishning bir qismidir. Men “Chelsi”da ko‘p yillarni futbolchi sifatida o‘tkazganman, shuning uchun hammasi qanday bo‘lishini bilaman: bir nechta mag‘lubiyat va har xil suhbatlar va savollar boshlanadi. Bu yil ma’lum taxminlar mavjud, chunki yozda biz ko‘p pul sarfladik, ammo klub biz xohlagan o‘rinda bo‘lishi uchun biroz kuch sarflashimiz kerak”, degan edi Lempard iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berib.
LiveBarchasi