“Chelsi” a’zosi muxlis bilan birga-bir futbol o‘ynashni taklif qildi

Sport

image

“Chelsi” klubining ukrainalik futbolchisi Mixail Mudrik ijtimoiy tarmoqlardagi muxlisning tanqidiga keskin javob qaytardi.

Jamoa muxlislaridan biri internetda Mudrik bilan yozishmalarini e’lon qildi. Yozishmalarda muxlis futbolchini yomon o‘yini uchun tanqid qilgan. U Mudrikdan futbol o‘ynashni unutganmisan, deb so‘ragan va mashg‘ulotlarda qo‘shimcha ravishda yakkama-yakka o‘ynashni taklif qilgan.

“Keling, yakkama-yakka o‘ynaymiz. 10 ming funtga. O‘zi yaxshi o‘ynay olasizmi?”, deb javob qaytardi Mudrik.

Qayd etish joiz, London klubi Angliya chempionatining oxirgi turida o‘z uyida “Vulverxempton”ni qabul qilib, 4:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Chelsi” hozirda chempionat turnir jadvalida 31 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

Mudrik joriy mavsumda klub safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Mixail Mudrik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing