Katta tanaffusdan keyin futbolga qaytgan Mudrid uzoq muddatga safdan chiqdi
Sport
−
10:54 374 1 daqiqa
Ukrainalik futbolchi Mixail Mudrik jarohat oldi va yaqin orada “Tottenxem”ga yordam bera olmaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Romanoning xabar berishicha, 25 yoshli qanot hujumchisi mashg‘ulot vaqtida to‘pig‘idan jarohat olgan. U taxminan 6-8 hafta davomida maydonga tusha olmaydi.
Joriy yilning 5 sentyabr kuni ukrainalik futbolchi “Tottenxem” safida debyut qildi va uchrashuvning ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushdi. London klubi Mudrikni mavsum oxiriga qadar sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 17 dekabr kuni Mudrikning doping-testi ijobiy natija bergani ma’lum bo‘lgan edi. Shundan so‘ng u Angliya Futbol Assotsiatsiyasi (FA) qarori bilan to‘rt yilga futboldan chetlatilgandi. Keyinchalik FA va Butunjahon antidoping agentligi (WADA) kelishuvga erishib, futbolchining diskvalifikatsiya muddatini u amalda o‘tab bo‘lgan davr bilan chekladi.
Live
Barchasi