APL tarixidagi eng yomon transfer e’lon qilindi

Sport

image

Mutaxassislar Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yomon transferlarni aniqladi. Unda ukrainalik futbolchi Mixail Mudrikning Londonning “Chelsi” klubiga o‘tishi APL tarixidagi eng yomon transfer deb topildi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni 2022-2023 yilgi mavsumda Niderlandiyaning “Ayaks” klubidan “Manchester Yunayted”ga 95 million yevro evaziga o‘tgan braziliyalik Antoni egalladi. Uchinchi o‘rinni esa 2019-2020 yilgi mavsumda Londonning “Arsenal” klubiga 80 million yevro evaziga transfer qilingan kot-d’ivuarlik qanot hujumchisi Nikolya Pepe band etdi.

Ma’lumot uchun, Mudrik 2023 yil yanvar oyida Ukrainaning “Shaxtyor” jamoasidan “Chelsi”ga 70 million yevro evaziga qo‘shilgandi. London klubi ukrainalik futbolchi bilan 8,5 yillik shartnoma imzolagan. Uch yil davomida yarim himoyachi 73 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi. 2024 yil dekabr oyida “Chelsi” Mudrikning doping testi ijobiy chiqqanini e’lon qildi. O‘shandan buyon u birorta ham rasmiy o‘yinda maydonga tushgani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Prem'er-liga Antoni Mixail Mudrik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing