“Chelsi” himoyachisi “Real”ga o‘tmoqchi emas

Sport

image

Madridning “Real” klubi joriy yil yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan “Chelsi” himoyachisi Antonio Ryudigerni sotib olmasligi mumkin. Bu haqda AVC nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ryudiger bilan shartnoma imzolash niyatida emas. “Real Madrid”da David Alaba va Eder Militao himoya yetakchilari sanaladi. Agar “qaymoqranglilar” markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolasa, u zahira futbolchisi bo‘ladi.

Madrid tomoni esa Ryudigerning agenti klubdan yirik shartnoma va 20 million yevro bonus olish uchun istayapti, deb hisoblaydi. Germaniyalik futbolchi hozir APLni tark etmoqchi, ammo “Real”ga o‘tmaydi.

Joriy mavsumda markaziy himoyachi Angliya Premer ligasining 20 o‘yinida ishtirok etib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Real Madrid Ryudiger

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing