UEFA “Real”ga sanksiya qo‘llashi mumkin

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) davlat mablag‘larini noto‘g‘ri ishlatish bilan bog‘liq moliyaviy qoidabuzarliklar tufayli “Real Madrid”ga qarshi sanksiyalar qo‘llashi mumkin. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

“Real” davlat puli ko‘rinishida “doping” oladi. Bu avtoturargoh, futbol va sport bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyatga sarflangan mablag‘lar. Ular hatto UEFA bilan muammolarga duch kelishlari mumkin”, deydi Ispaniya Oliy sudi faxriy sudyasi Xose Antonio Peylin.

Shuningdek, Peylin “Santyago Bernabeu” stadionidagi shovqinni “atrof-muhitga qarshi jinoyat” deb atadi. Texnik jihatdan stadionning ovoz o‘tkazmasligini ta’minlash mumkin emas.

Ma’lumot uchun, “Real” oxirgi uy uchrashuvini Germaniyaning “Shtutgart” klubiga qarshi o‘tkazib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Madridliklarning navbatdagi uy o‘yini 22 sentyabr kuni Ispaniya La Ligasi doirasida “Espanol” bilan o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga Real Madrid Sant'yago Bernabeu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing