“Barselona”ning muhim futbolchisi 1 oyga safdan chiqdi

Sport

image

Ispaniya terma jamoasida Yevropa chempioni bo‘lgan “Barselona” yarim himoyachisi Dani Olmo 4-5 haftaga safdan chiqdi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

26 yoshli yarim himoyachi La Liganing 5-turida “Jirona”ga qarshi o‘yinda (4:1) gol urdi va keyinroq tizzasidan jarohat oldi.

Olmo Ispaniya chempionatidagi debyut mavsumida 3 uchrashuvda 3 ta gol urdi.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda “ko‘k-anorranglilar” Ispaniya La ligasida 5 ta o‘yinda 5 ta g‘alaba qayd etib, 15 ochko to‘plagan holda yetakchilik qilmoqda. Kataloniyaliklarning eng yaqin ta’qibchilari Madridning “Atletiko” va “Real” klublari hisobida 11 ochkodan mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid”ning jarohatlangan futbolchilari soni 10 nafarga yetgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Madrid La liga Dani Ol'mo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing