“Karantininga ham...” Viloyatlarda odam to‘plab, tug‘ilgan kunlar nishonlandi
Jamiyat
−
18 aprel 2020
13247O‘zbekistonda karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga hamda qator jazolar qo‘llanilayotganiga qaramay, ularni qo‘pol ravishda buzayotganlar hamon uchramoqda.
Kecha, 17 aprel kuni Jizzax shahar, “Navro‘z” mahallasi, Sh.Rashidov ko‘chasida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan Gulxayo N. karantin qoidalarini buzgani aniqlangan. U yashash uyiga 4 nafar tanishini chaqirgan va tug‘ilgan kunini nishonlagan.
Shuningdek, xuddi shunday voqea Samarqand viloyatida ham kuzatilgan. Viloyatning Bulung‘ur tumani, “Sohibkor” mahallasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan Abdullaxon A. ham 11 nafar odamni o‘z uyida to‘plab, tug‘ilgan kunini nishonlagan.
Qonun buzgan mazkur shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugungi kunga qadar Respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 76 159 ta holat aniqlangan.
Ular:
- Toshkent shahrida – 13 635 ta;
- Farg‘ona viloyatida – 11 893 ta;
- Toshkent viloyatida – 11 136 ta;
- Samarqand viloyatida – 6 730 ta;
- Sirdaryo viloyatida – 5 269 ta;
- Qashqadaryo viloyatida – 4 976 ta;
- Andijon viloyatida – 4 303 ta;
- Namangan viloyatida – 4 290 ta;
- Buxoro viloyatida – 3 115 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 2 775 ta;
- Xorazm viloyatida – 2 555 ta;
- Surxondaryo viloyatida – 2 416 ta;
- Jizzax viloyatida – 2 333 ta;
- Navoiy viloyatida – 733 ta holatni tashkil etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ayni damda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 1450 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 156 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi