Chexiyaning eng boy odami AQSHda vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi
Olam
−
29 mart 2021 6428 1 daqiqa
Avvalroq, AQSHning Alyaska shtatida vertolyot qulagani va uning natijasida besh kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Aniqlanishicha, Eurocopter AS50 vertolyotining qulashi natijasida PPF xalqaro moliyaviy va investitsiya guruhining egasi, chexiyalik multimilliarder Petr Kellner ham halok bo‘lgan.
Chexiya Respublikasining eng boy fuqarosining o‘limi haqidagi xabar PPF Matbuot kotibi Yitka Tkadletsova tomonidan tasdiqlangan.
"Janob Kellner Alyaskada vertolyot halokatida vafot etdi. Dafn marosimi tor oilaviy doirada o‘tkaziladi", degan u.
Ma’lumot o‘rnida, Petr Kellner 2019 yildan beri PPF'ning 98,93 foiziga egalik qilayotgandi.
"Forbes" jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 15,5 milliard dollarga baholangan. O‘tgan 15 yil davomida "Forbes" Petr Kellnerni dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatiga kiritib kelgan.
Halokat qurbonlari orasida Petr Kellnerdan tashqari yana bir Chexiya fuqarosi ham bo‘lgan.
Halokat sabablari hali aniqlanmagan. AQSH Milliy transport xavfsizligi kengashi tergov o‘tkazmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr