Chexiyadagi suv toshqinlari oqibatida 260 mingga yaqin uy elektrdan uzildi
Olam
−
24 Sentabr
1492Chexiyadagi suv toshqinlari oqibatida 260 mingga yaqin uy elektrdan uzildi. Bu haqda Chexiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Vit Rakushanga tayanib, “Blesk” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 13-18 sentyabr kunlari Chexiyaning deyarli butun hududida uzoq muddatli yog‘ingarchilik kuzatildi. Noqulay ob-havo tufayli 260 mingga yaqin uy elektr ta’minotisiz qolgan, avtomobil va temiryo‘l uchastkalari shikastlangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, toshqinlarda besh kishi halok bo‘lgan, yana sakkiz nafar fuqaro bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.
“Armiya vertolyotlari hududga 59,4 tonna gumanitar yordam yetkazdi. Hammasi bo‘lib 21 488 kishi evakuatsiya qilindi, 1 516 kishi qutqarildi”, deydi Rakushan inqiroz shtab-kvartirasi yig‘ilishidan so‘ng.
Hozirda mamlakatda toshqindan zarar ko‘rgan infratuzilmani tiklash ishlari davom etmoqda.
Chexiya prezidenti Petr Pavelning so‘zlariga ko‘ra, toshqindan zarar ko‘rgan hududlarni tiklash oylar yoki yillar davom etishi mumkin. Kuchli shamol va kuchli yomg‘ir Avstriya, Vengriya, Ruminiya va Slovakiyada ham sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning Ishikava prefekturasida rekord darajadagi ko‘p yog‘ingarchilik tufayli olti kishi halok bo‘lib, ikki kishi bedarak yo‘qolgani va yana sakkiz kishi bilan aloqa uzilib qolgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr