Chexiyada yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashib ketdi

Olam

image

Chexiya poytaxti Pragada bugun, 18 sentyabr kuni ertalab ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi. Bu haqda mahalliy “Idnes” portali xabar berdi.

"Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyida 10 nafargacha jabrlanganlar mavjud", deyiladi xabarda.

Hodisa Chuprov ko‘chasidagi ko‘prik yaqinidagi temiryo‘lda sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyatdan keyin ko‘cha ikki yo‘nalishda ham to‘sib qo‘yilgan.

Praga Qutqaruv xizmati matbuot kotibi Yana Pochtovaning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilmoqda. Qayd etilishicha, shikastlanganlarning aksariyatiga tanadagi ko‘karishlar va kontuziya bilan tashxis qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida yuk poyezdi “Kanchanjunga Express” yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing