Chexiyada Rossiyaning Ukrainadagi urushini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq 95 ta jinoiy ish ochildi – OAV

Olam

image

2022 yil 24 fevraldan beri Chexiya politsiyasi fuqarolarga nisbatan 95 ta jinoiy ish qo‘zg‘atdi, ularning xatti-harakatlari Rossiyaning Ukrainadagi urushini qo‘llab-quvvatlash ifodasi sifatida talqin qilinishi mumkin. Bu haqda “Irozhlas.cz” portali xabar berdi.

“Ukrainaga bosqin boshlanganidan beri biz 95 ta jinoiy ish ochdik. Bu holatlarda biz jinoiy huquqbuzarlik sodir etilganini bilamiz”, deydi Chexiya politsiyasi matbuot kotibi Ondreya Moravchik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilarga 67 ta holatda ayblov qo‘yilgan. 

Respublika Bosh prokurori Igor Strjijning tushuntirishicha, Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga rozi bo‘lish va Rossiya rahbariyatini ommaviy ravishda (mitinglarda, namoyishlarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda) qo‘llab-quvvatlash jinoyatni ma’qullash, unga sheriklik qilish, tasdiqlash yoki oqlash deb qaralishi mumkin. 

Amaldagi qonunchilikni buzganlar uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Shuningdek, Chexiya Bosh prokuraturasi Rossiyaning Ukrainadagi urushini ma’qullash va jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq ishlarning rivojlanishini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Chexiya g Ukrainadagi urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing