Chexiyada otishma sodir etgan talaba yana bir vahshiy qotillikda gumonlanmoqda

Olam

image

Chexiyadagi Karl universitetiga uyushtirilgan hujumdan so‘ng politsiya gumonlanuvchining Klanovitsa o‘rmonida ikki kishini o‘ldirishga aloqadorlik ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat politsiyasi X sahifasida ma’lum qildi. 

Chexiya politsiyasi Pragadagi Karl universitetida sodir etilgan otishmani tekshirayotganini va gumonlanuvchining uyidan Klanovitsa o‘rmonida qo‘sh qotillikda qo‘llangan qurolga mos keladigan qurol topilganini bildirdi.

Chexiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, joriy yilning 15 dekabr kuni 32 yoshli erkak va uning ikki oylik qizi o‘rmonda otib o‘ldirilgan.

Praga politsiyasining qotillik bo‘limi boshlig‘i Alesh Strax universitetdagi otishmada gumonlanuvchi Klanovitsa o‘rmonidagi qotillikda gumon qilinganlar orasida ekanini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 21 dekabr kuni Pragadagi Karl universiteti binolaridan birida talaba yigit otishma sodir etgandi. Oqibatda 14 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi yaralandi.  Shundan so‘ng Chexiya hukumati 23 dekabrni otishmada halok bo‘lganlar xotirasi uchun motam kuni deb e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Chexiya otishma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing