Chexiyada koronavirus bilan noodatiy xayrlashishdi

Olam

image

Kecha, 30 iyun kuni Praganing o‘ziga xos belgisi bo‘lgan Karlov ko‘prigida koronavirus bilan “xayrlashuv kechasi” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Novinky” xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, minglab mehmonlar yarim kilometrli stolda o‘tirishib, uydan olib kelgan ovqat va ichimliklarni dasturxonga qo‘yishgan.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ushbu bayram koronavirus inqirozining o‘tgan og‘ir davri bilan xayrlashishni, shuningdek, yaqinda boshlanadigan yozgi ta’tilni anglatadi.

Bayram barcha tashrif buyuruvchilar uchun bepul bo‘ldi. Ammo gigiyenik va tashkiliy sabablarga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish zarur edi. Dasturxon oldida o‘tirish uchun maxsus ko‘krak belgisini berishdi. U bo‘lmasa, dasturxon atrofiga qo‘yishmadi.

Ziyofat ishtirokchilari niqoblarsiz o‘tirishdi va ijtimoiy masofaga rioya qilishmadi.

Tadbir tashkilotchilari Chexiyaning eng qadimiy ko‘prigi sayyohlar uchun kirish cheklovlari tufayli bo‘sh bo‘lganida, noodatiy biror bir tadbirni shu yerda nishonlamoqchi bo‘lishganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya

Baholaganlar

302

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing