Chexiyada 500 yil ichida kuzatilmagan tabiiy ofat boshlandi

Olam

image

Chexiyada 500 yil ichida eng yomon qurg‘oqchilikni qayd etildi. Bu haqda mamlakat Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi xabar bermoqda. Vazirlik rahbari Rixard Brabets vaziyatni falokatli, deb baholagan.

“Tuproqdagi namlik normaning atigi 40 foizini tashkil etadi, chunki kuzda deyarli yog‘ingarchilik bo‘lmadi. Qishda esa qor faqatgina tog‘larning eng tepalarida yog‘di. Mart oyidan bu yil qurg‘oqchilik bo‘lishi ayon bo‘ldi. Vaziyat yuqori kenglikdagi yuqori havo harorati bilan taranglashmoqda. Ilgari, 20 yil oldin, bunday harorat ko‘rsatkichlari janubda, masalan, Xorvatiyada kuzatilgan”, dedi vazir Rixard Brabets.

Vaziyatni ma’muriy choralar bilan tuzatishga harakat qilinmoqda. Ba’zi joylarda aholini suv bilan ta’minlash cheklandi. Janubiy Moraviya shahridagi kichik shahar va qishloqlar aholisiga kuniga bir kishi uchun 100 litr suv limiti o‘rnatildi. Bog‘ni va tomarqalarni suv oqimi bilan sug‘orish va hovuzlardan foydalanish taqiqlandi.

Brno universiteti tuproqda suvni ushlab turadigan maxsus asboblar ishlab chiqmoqda. Daryolardan dalalarni suv bilan ta’minlash uchun maxsus kanallar qurilishi boshlandi. Biroq daryolarda suv odatdagidan yarim baravar kamligi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya

Baholaganlar

350

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing