Chexiya Rossiyada raketa ishlab chiqarayotgan sobiq KGB xodimiga sanksiya kiritdi
Olam
−
17 avgust 2023
4808Chexiya Rossiyaning eng yirik taktik raketa mudofaa xoldingi rahbari Boris Obnosov va uning oilasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy jamoasi xabar berdi.
E’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, Obnosovning o‘zi, uning qizi Olga Zorikova va kuyovi Rostislav Zorikov sanksiyalar ostida qolgan.
"Buning uchun biz Chexiya rasmiylari bilan uchrashdik va yozishmalar qildik, barcha mumkin bo‘lgan organlarga minglab xat yozdik. Faollar Praga ko‘chalariga chiqdi, Zorikov hatto ulardan birini kaltakladi”, deyiladi Navalniy jamoasi bayonotida.
Aytilishicha, 2023 yil may oyida Navalniy jamoasi Boris Obnosov oilasining Chexiyada sakkiz million yevrodan ortiq qiymatdagi hashamatli ko‘chmas mulki borligini aniqlagan.
Shundan so‘ng, Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro jamg‘armasi direktorlar kengashi raisi Mariya Pevchix jamg‘arma Boris Obnosov va Zorikovlarning Chexiyaga kirishini taqiqlash uchun ularga qarshi sanksiyalar talab qilishiga va’da bergan.
Ma’lumot uchun, Boris Obnosov SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) xodimi bo‘lib ishlagan. Iste’fodagi Federal xavfsizlik xizmati general-mayori.
Unga nisbatan Chexiyadan tashqari yana bir necha davlatlar – Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya ham sanksiyalar qo‘llagan.
LiveBarchasi