Chexiya Bosh vaziri va uning oilasini o‘ldirmoqchi bo‘lgan odam aniqlandi 

Olam

image

Chexiya Bosh vaziri Andrey Babishga o‘zi va oilasini o‘ldirish bilan tahdid qilindi. Bu haqda uning o‘zi ma’lum qilgan. 

Babishning so‘zlariga ko‘ra, u ushbu ma’lumotni Chexiya politsiyasidan olgan. 

Joriy yilning 8 yanvar kuni politsiya Babishga uni oilasi bilan otishni rejalashtirgan odam borligini e’lon qilgan. 

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozirda o‘sha kishi Ispaniyada. 

Babishning aytishiga qaraganda, politsiya tomonidan shunday ma’lumot berilgandan keyin uning uyi qo‘riqchilar tomonidan himoya ostiga olingan. 

Mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralari ushbu fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini qayd etishgan. 

"Kriminologlar prokuraturaga ushbu shaxsni hibsga olish taklifi bilan murojaat qilishdi", deyilgan xabarda. 

Shu bilan birga, Ispaniya OAV Lukash Braxachek ismli ushbu fuqaro joriy yil 12 fevral kuni Barselonada Interpol vositachiligida hibsga olinganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Andrey Babish

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar