O‘zbekiston va Chexiya yetakchilari birgalikda daraxt ekdi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 30 aprel kuni O‘zbekiston – Chexiya oliy darajadagi muzokaralarining yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, marosim ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuv mustahkamlanib borayotgani, O‘zbekiston – Chexiya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishda yangi bosqich boshlanganining ramzi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babishni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Shundan so‘ng yetakchilar o‘rtasida tor doirada va ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ular turli masalalar, jumladan, ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareysni qayta tiklash masalasini muhokama qildi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Andrey Babish Kengaytirilgan hamkorlikni ilgari surish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya Shavkat Mirziyoev Andrey Babish Faxriy mehmonlar xiyoboni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing