Medvedev endi chegaralarni yopish foyda bermasligini aytmoqda
Olam
−
15 oktabr 2020 11253 1 daqiqa
Koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralarni yopishning hech qanday foydasi yo‘qligi aytildi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qilgan.
"Virus hech qanday chegara tanlamaydi. Hatto, chegaralarning yopilishi ham virusga qarshi kurashning to‘liq samarali vositasi emas. Biz bularning barchasini bahorda allaqachon sezgandik, biroq hozir ham bu davom etmoqda", degan Medvedev.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha, mamlakatlar o‘rtasida "ishonchsizlik devori" mavjud bo‘lsa ham, dunyo olimlari pandemiyaga qarshi kurashishda hamkorlik qilishlari kerak.
Ayni vaqtda koronavirus yuqtirish bo‘yicha Rossiya dunyoda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq 1,5 millionga yaqin holat aniqlangan. Ushbu xavfli virusdan 23 mingdan ko‘p kishi vafot etgan.
Dunyoda esa koronavirusga chalinganlar 38 milliondan oshgan. 1 milliondan ziyod odam vafot etgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28