Chegaralarda minalar bor edi – Mirziyoyev qo‘shnilar bilan munosabatlar haqida gapirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, bugun, 29 sentyabr kuni Andijonda O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda amaldagi Prezident qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar haqida gapirdi.

“Biz bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lgan manaman degan davlatlar ham so‘raydi: qo‘shnisi bilan qanday ekan deydi. Afg‘on xalqi urushdan charchagan, toliblar ham charchagan. Biz xalqimiz tinchligi uchun ham diplomatik muloqotni yo‘lga qo‘yamiz.

Axir necha yillar davomida qo‘shni davlatlar chegaralarida minalar bor edi, qancha odam o‘lib ketdi. Biz odamlar manfaati, qadri uchun barcha qo‘shni davlatlar bilan murosa, do‘stlik, qo‘shnichilik tilida gaplashdik. Mana hozir qo‘shni yurtlarga ta’ziyaga, to‘yga borib kelyapsizlar. Qo‘shnilar bilan 99 foiz masalalarni hal qilsa bo‘lar ekan-ku”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev andijonlik tadbirkorlar viloyatda “maska-shou”lar takrorlanmasligi uchun kafolat so‘raganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing