Chegaradan 9,1 mlrdlik noqonuniy tovarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentdagi bojxona postidan umumiy qiymati 9,1 milliard so‘m bo‘lgan tovarlarni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respubikasi Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Toshkentdagi “Chuqursoy” bojxona postida MCHJlardan birining nomiga xorijdan temir yo‘l konteynerida keltirilgan yuklar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. 

Aniqlanishicha, konteynerdagi yuklar orasida yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan umumiy qiymati 9,1 milliard so‘m bo‘lgan 5 ming 300 dona soyabonlar, 251 mingdan ziyod fonar, 3,5 mln dona bolalar uchun sharlar hamda 10 ming 900 dona chiroqlar borligi aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ularni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirish orqali yuk egalari davlat byudjetiga undirilishi lozim bo‘lgan 2,8 milliard so‘mlik bojxona to‘lovlarini “tejamoqchi” bo‘lishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

boj

Baholaganlar

166

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing