Chegarada yana o‘q ovozi. Baku va Yerevan bir-birini ayblayapti
Olam
−
19 Oktabr 2022
2042Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston bilan davlat chegarasi hududida o‘t ochishni to‘xtatish rejimining navbatdagi buzilishi haqida xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari 18 oktyabr kuni kechqurun va 19 oktyabrga o‘tar kechasi Ozarbayjonning Dashkesan va Gadabay viloyatlari aholi punktlari yo‘nalishida Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini o‘qqa tutgan.
Otishma turli kalibrli o‘q otish qurollaridan amalga oshirilgan.
Xabarda aytilishicha, Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari tegishli javob choralarini ko‘rgan.
O‘z navbatida ushbu holat bo‘yicha Armaniston tomoni ham rasmiy axborot berdi. Unda aytilishicha, Ozarbayjon Qurolli kuchlari 19 oktyabrga o‘tar kechasi Armaniston armiyasining pozitsiyalarini o‘qqa tutgan.
“19 oktyabr kuni taxminan soat 00:10 da Ozarbayjon Qurolli kuchlari bo‘linmalari turli kalibrli o‘q otish qurollaridan Armaniston-Ozarbayjon chegarasining sharqiy yo‘nalishida joylashgan arman pozitsiyalariga o‘t ochdi”, deyiladi xabarda.
Armaniston Mudofaa vazirligi hozir vaziyat nisbatan barqaror ekaniga aniqlik kiritdi.
LiveBarchasi