Chegarada O‘zbekistonga olib kirilayotgan qariyb 230 kg “geroin” fosh qilindi
3-sahifa
−
15 fevral 2022
8712Toshkent viloyatidagi “Oybek” chegara bojxona postida yuk mashinasidagi xufya joylarda 232 dona o‘ramda salkam 230 kg. geroinni olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, chegara postida hujjatlarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasiga yo‘l olgan 21 tonna 649 kg. paxta tolasi ortilgan yuk mashinasi to‘xtatib tekshirilgan. Tekshiruvda shubhali holat aniqlangan.
Shundan so‘ng shubha ostiga olingan yuk avtotransport vositasi tezkor tuzilmalarning maxsus kuzatuvi ostida, qolaversa, xavfsizlik nuqtai nazaridan chegara-bojxona postidan chekkaroq hududga, aniqrog‘i “Yangiyo‘l” bojxona posti tasarrufidagi bojxona omboriga keltirilgan.
“Yangiyo‘l” bojxona posti tasarrufidagi bojxona omborida transportga ortilgan 107 ta paxta toylari tirkamadan tushirilgan. Shubhali narsa ko‘ringan joydan esa jami 232 dona o‘ram topilgan.
232 dona o‘ramlarning jami og‘irligi o‘rami bilan birgalikda hisoblaganda 245 kg. 200 gr.ni tashkil qilgan. Ekspertiza xulosasi esa ularning barchasi “geroin” giyohvandlik vositasi ekanligini tasdiqlagan. Mazkur holatda to‘xtatib qolingan geroinning sof og‘irligi 229 kg 719 grni tashkil qilgan.
LiveBarchasi