Chegarada tamagirlik qilib kelgan jinoiy guruh aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 5 avgust kuni Davlat bojxona qo‘mitasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara-bojxona postiga tutash hududda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jismoniy shaxslar va bojxona xodimlaridan iborat jinoiy guruh faoliyati fosh qilindi.

Jinoiy guruh a’zolari yuk avtotransport vositalarini mazkur post orqali navbatsiz va tezlashtirgan holda o‘tkazishni va’da qilib, avtotransport vositalari haydovchilari va tadbirkorlardan tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan 2019 yil 5 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi respublikamiz chegara-bojxona postlari orqali harakatlanayotgan yuk avtotransport vositalari haydovchilari va tashuvchilarni post orqali navbatsiz va tezkorlik bilan o‘tkazishni va’da qiluvchi firibgarlarning aldovlariga ishonmasliklarini so‘rab qoladi. 

Jinoyat ishining tergov natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilarni qo‘lga olish tezkor tadbiriga Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murotjon Azimovning o‘zi rahbarlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona chegara Yallama

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing