Chegara yaqinidagi qurol omborida portlash yuz berdi (video)
Olam
−
09 avgust 2019 7627 1 daqiqa
Turkiyaning Suriya bilan chegara hududida joylashgan Hatay viloyati Reyhanli tumanidagi harbiy texnikalar saqlanuvchi omborda bir nechta portlash yuz berdi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.
Portlash natijasida omborning turli joylardi yong‘in boshlangan. Yaqin atrofda yashovchi aholi evakuatsiya qilingan. Portlash to‘lqini o‘nlab binolarning oynalarini sindirib yuborgan, devorlar esa yorilgan.

Halok bo‘lgan va jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar, shifokorlar va politsiya xodimlari yuborilgan.
Live
Barchasi