Chechenistondagi kuchli portlashda bolalar halok bo‘ldi (video)
Olam
−
12 Oktabr
15622Rossiya Federatsiyasining Checheniston respublikasi poytaxti Grozniy shahridagi kollej yaqinida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Portlash Muhammad Ali prospektidagi Axmatov tumani hududidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan. Portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan.
“Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Grozniydagi yong‘inni o‘chirdi. Afsuski, to‘rt kishi, jumladan, ikki nafar yosh bola halok bo‘ldi”, deyiladi vazirlik xabarida.
E’lon qilingan videoda yoqilg‘i quyish shoxobchasi yonib ketganini ko‘rish mumkin. Portlash joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligining 35 nafar xodimi va 7 ta texnikasi ishlamoqda. Mutaxassislar inshootlarga suv sepish va vayronalarni tozalash bilan shug‘ullanmoqda.
Rossiya Tergov qo‘mitasining Checheniston respublikasi bo‘yicha Tergov boshqarmasi voqea joyida bir guruh bo‘lim mutaxassislari ish olib borayotgani haqida xabar berdi. Hozirda jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Eron sharqida joylashgan Janubiy Xuroson viloyatidagi Tabas shahri yaqinida “Madanju” shirkati tomonidan boshqariladigan ko‘mir konida gaz portlashi kamida 51 kishini hayotdan olib ketgan, 20 kishi yaralangandi. Viloyat rahbari Javad Genaat qutqaruvchilar vayronalar ostidan 22 konchini ozod qilishga urinayotgani haqida aytgan edi. Qutqaruv operatsiyasiga shaxtada metan to‘planib qolgani to‘sqinlik qilgan. Davlat televideniyesi ma’lumotlariga ko‘ra, fojia vaqtida ichkarida 69 kishi bo‘lgan.
LiveBarchasi